Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Adiblar xiyoboni: Ma’rifat, tafakkur va milliy g‘urur maskani

7 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
Adiblar xiyoboni: Ma’rifat, tafakkur va milliy g‘urur maskani
Ulashish

Adiblar xiyoboni: Ma’rifat, tafakkur va milliy g‘urur maskani


Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni” yoshlarning sevimli ma’naviy-ma’rifiy maskaniga aylandi. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat bo‘limi tashabbusi bilan har hafta chorshanba kunlari talaba-yoshlar uchun mazkur xiyobonga ma’rifiy sayohatlar uyushtirilmoqda.

Mazkur an’anaviy sayohatlarning asosiy maqsadi — yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, ularning hayoti va serqirra ijodi bilan yaqindan tanishtirish, qalbida milliy g‘urur, Vatan va ilmga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Sayohat davomida talabalar o‘zbek jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar, adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali poyiga tashrif buyurmoqdalar. Behbudiy siymosi oldida allomaning ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi, xalqni jaholat botqog‘idan qutqarish, ilm-u ziyoga chorlash borasidagi o‘lmas g‘oyalari, shuningdek, uning millat ravnaqi yo‘lidagi mashaqqatli faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.

Xiyobon bo‘ylab uyushtirilgan suhbatlar davomida yoshlar buyuk adiblarimiz qoldirgan asarlar, ularning bugungi kundagi hayotiy ahamiyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, chuqur taassurotlar bilan qaytmoqdalar.

O‘tmish merosini chuqur anglash — bugunni qadrlash, kelajakni esa yuksak ezgu maqsadlar bilan bunyod etish demakdir.

Ajdodlar merosi — qalbimizda, ma’rifat nuri — yo‘limizda!


Foto galereya

6 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram