Bugun 23-may Buxoro viloyati kasaba uyushmalari kengashida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kunduzgi va sirtqi ta'limning bakalavr yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar qabuli masalasida targʻibot-tashviqot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mazkur targʻibot tadbirida viloyat kengashi raisi M. Olimov, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektor Mirzadjanov Azim Xakimjonovich, Xakimov Akmal Lolashevich – “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi” Mehnat sohasini boshqarish fakulteti dekani, kasaba uyushmasi vakillari shuningdek akademiyada oʻqish istagidagi yoshlar hamda ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda akademiyaning imkoniyatlari, mavjud ta'lim yoʻnalishlari, 2024-2025 oʻquv yili uchun kunduzgi va sirtqi ta'limning bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha abiturientlar qabul qilish tartiblari xususida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi haqida koʻproq ma'lumot olish uchun veb-saytga tashrif buyuring: :https://atso.uz/uz