Asosiy kontentga o‘tish
Uchrashuv

🎓 Bitiruvchilar bilan muhim uchrashuv: Diplom olingandan keyingi qadamlar qanday boʻladi?

3 marta ko‘rilgan 1 daqiqa o‘qish
🎓 Bitiruvchilar bilan muhim uchrashuv: Diplom olingandan keyingi qadamlar qanday boʻladi?
Ulashish

🎓 Bitiruvchilar bilan muhim uchrashuv: Diplom olingandan keyingi qadamlar qanday boʻladi?

Bugun Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida bitiruvchilar bilan mazmunli va samarali uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda akademiyaning birinchi prorektori Abduxalil Atamatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Lochinbek Amirov, mehnat sohasini boshqarish fakulteti dekani Toir Sadullayev hamda marketing boʻlimi boshligʻi Husan Bozorboyev ishtirok etdilar.

Muloqot chogʻida bitiruvchilarni qiziqtirgan eng muhim masalalar — ularning bugungi kun tartibidagi dolzarb savollariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, quyidagi yoʻnalishlar muhokama qilindi:

  •    Bitiruv     oldi amaliyotini tashkil etish va oʻtash tartibi;

  •    Bitiruv     imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni topshirish jarayoni

  •    Bitiruv     malakaviy ishi (BMI)ni himoya qilish tartibi;

  •    Oliy     taʼlimdan keyingi taʼlim olish imkoniyatlari;   

  •    Mutaxassislik     boʻyicha ish topish va mehnat bozorida oʻz oʻrnini egallash     masalalari.

Uchrashuv davomida bitiruvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, masʼullardan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar olishdi.

“Bugungi talaba — ertangi malakali mutaxassis!”

Akademiyada bunday uchrashuvlarning tashkil etilishi bitiruvchilarning kelajakdagi rejalarini aniqlash, kasbiy rivojlanishiga yoʻl ochish va mehnat faoliyatiga ishonch bilan qadam qoʻyishlariga xizmat qiladi. Zero, taʼlimning asosiy maqsadi — nafaqat bilim berish, balki yoshlarni mustaqil hayotga va muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga tayyorlashdir.

Foto galereya

6 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram