Asosiy kontentga o‘tish
Yangilik

Kelajak yuristlari amaliyotda

16 marta ko‘rilgan 2 daqiqa o‘qish
Kelajak yuristlari amaliyotda
Ulashish

KELAJAK YURISTLARI AMALIYOTDA

 Akademiya talabalari ucun Õzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşida sayyor darslar taşkil etildi. Taʼlim va amaliyot uyğunligini taʼminlaş, talabgor yoşlarning kasbiy kõnikmalarini yanada boyitiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Şu maqsadda joriy yilning 4-noyabr kuni Õzbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining «Yurisprudensiya» taʼlim yõnalişi 4-bosqic talabalari ucun navbatdagi amaliy-sayyor ucraşuv taşkil etildi. 

Õzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi taşabbusi bilan õtkazilgan mazkur tadbir yuqori bosqic talabalarining oliy õquv yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita işlab ciqariş va sohaviy amaliyot bilan mustahkamlaşga xizmat qildi. 

Sayyor ucraşuv davomida talabalarga mehnat qonunciligining amaldagi qõllanilişi, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş mexanizmi, şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda kasaba uyuşmalarining tutgan õrni haqida atroflica maʼlumot berildi. Xususan, soha mutaxassislari tomonidan aviatsiya sohasida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solişning õziga xos jihatlari, jamoa şartnomalari va kelişuvlarining ahamiyati haqida hayotiy misollar asosida tuşuntirişlar berildi. 

Ucraşuv yoşlar ucun nafaqat maʼrifiy, balki juda ham qiziqarli va taassurotlarga boy bõldi. Talabalar Õquv maşq markazining faoliyati bilan yaqindan tanişib, maxsus zamonaviy trenajer kabinalarni kõzdan kecirişdi va ularning işlaş jarayonini bevosita kuzatişdi. Bu kabi ilğor texnik va amaliy imkoniyatlar talabalarning kasbiy dunyoqaraşini kengaytirişda muhim qadam bõldi. Akademiya jamoasi va talabalar nomidan bõlajak yoş yuristlar ucun ana şunday foydali, mazmunli hamda şaroitlarga boy sayyor ucraşuvni taşkil etib bergan Õzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşiga hamda yuqori darajadagi hamkorlikni taʼminlagan Õquv maşq markazi rahbariyati va masʼul xodimlariga õz minnatdorciligimizni bildiramiz. Bu kabi amaliy ucraşuvlar talabalarimizning ertangi kunda malakali kadr bõlib yetişişida muhim poydevor bõlib xizmat qiladi.

Foto galereya

6 ta surat

Yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling

Telegram kanalimiz yoki email orqali eʼlonlar va tadbirlarni oling.

Telegram