Yoshlarning o‘y-xayollari, ularning orzu-havaslarini bilish, ularni qiynayotgan muammolarni teran anglash va o‘z vaqtida hal etish choralarini ko‘rish ularning kelajakka bo‘lgan ishonchining keskin oshishiga xizmat qiladi. Aslida yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyatida ham aynan shu maqsadlar yotadi. Yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etishning eng samarali usuli esa bevosita ular bilan uchrashuvlar tashkil etish, ularning fikriga quloq tutish sanaladi.
Aynan shu maqsad yo‘lida 2024 yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi rektori Sayfullo Axmedov talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida talabalar ko‘zga tashlanayotgan ayrim muammolar, Akademiyada ta’lim sifatpni oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi takliflarini o‘rtaga tashlashdi. Jumladan, fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash, qo‘shimcha fanlar bo‘yicha to‘garaklar va xorijiy til kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, axborot resrum markazi kitob fondini boyitish, talabalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va boshqa takliflar shular sirasiga kiradi.
Uchrashuvda o‘rtaga tashlangan muammolarni hal etish, bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.